Har yili 24 iyunda Şotlandiyada milliy bayram— Mustaqillik kuni (Independence Day of Scotland) keng nişonlanadi. 1314 yil 24 iyunda Bannokberndagi jangda Şotlandiya qiroli Robert Bryus Angliya qiroli Eduard IIning armiyasini mağlub etib, mamlakati mustaqilligini tiklagan edi. 

Fikrimizça, Şotlandiya dunyoning gözal tabiatga ega davlatlaridan biridir. Qadimgi yodgorliklar, maftunkor tiniq suvli köllar va örmonlar...

Quyidagi suratlarni tomoşa qilib, özingiz xulosa qilişingiz mumkin:

1. Melrouz abbatligi— Şotlandiyadagi eng qadimgi ibodatxonalardan biri. Tsistersian ibodatxonasi 1500-yillarda vayrona aylantirilgan

2. Fayf viloyatidagi Ist-Nyuk baliqçilik qişloğidagi bandargoh

3. Skay — Içki Gebridlar arxipelagida joylaşgan, özining maşhur yaşiltusli tepaliklari va ulkan toğlari bilan tanilgan orol 

4. Avliyo Andrey sobori vayronasining tong vaqtida körinişi

5. Trossaks qöriqxonasida sayr qilib yurgan mitti-sigir

6. Dannottar qasri - Şotlandiyaning Aberdinşir viloyatidagi örta asrlarga oid vayrona qal'a  

7. Qirollik milyasi - Edinburg markazidagi eng maşhur köça