Xitoyning Xiaomi kompaniyasi, nafaqat smartfonlar işlab çiqaruvçisi, balki keng qamrovli texnologik kompaniya ekanini isbotlaşga urinmoqda. Yaqinda uşbu korxona taqdim etgan yangi mahsuloti velosiped bölib çiqdi.

Albatta, oddiy emas, elektrli, yiğiluvçi QiCycle 2999 yuan (500 dollarga yaqin) turadi hamda egasiga pedallarni aylaştirişda yordam beradi. Uning batareyasi quvvati 45 kmga yetib, vazni — 14,5 kgga teng.

QiCycle töplamida, smartfon uçun maxsus ilova ham mavjud, u ötilgan masofa, sarf etilgan kaloriya, tezlik va şu kabilarni aniqlaş imkonini beradi.
Velosiped Şimanoning tezlikni özgartiriş uskunasi örnatilgan. Old va orqa yoritqiçlar ramada joylangan.

Sönggi vaqtlarda Xitoyda elektrovelosipedlar juda ommalaşib ketdi. Ayrim şaharlarda, ular avtomobillar sonidan ham köpligi xabar qilinmoqda. Şunday ekan, Xiaomi smartfonlari kabi, bu bozorda ham jiddiy raqobatga duç kelişi aniq.



\









