Ispaniyada saylovçilar keyingi yarim yil içida ikkinçi marta parlament saylovlarida iştirok etişmoqda. Bugun Kongressga va Senatga deputatlarni saylaş boşlandi.
2015 yilning 20 dekabrida ötkazilgan avvalgi saylovda saylangan deputatlar boş vazir tomonidan tasdiqlanmagandi.
Kongressdagi örinlar uçun 545 nomzod örtasida kuraş keçadi (dekabr oyidagi saylovda bu miqdor 605 edi). Senat uçun saylovlarda 582 nomzod iştirok etmoqda (dekabrdagi körsatkiç - 657).
Saylov mahalliy vaqt bilan soat 09:00da (Toşkent vaqti bilan soat 12:00) boşlangan. Saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan soat 20:00gaça oçiq böladi.
Ispaniyaliklar parlamentning quyi palatasi uçun 3500 deputat, yuqori palata uçun 208 nafar senatorni saylaşlari kerak.
Ispaniyaning 36,5 million nafar fuqarosi saylaş huquqiga ega. Ulardan 34,6 millionlik qismi mamlakat hududida istiqomat qiladi. 1,5 million atrofidagi kişi poçta orqali saylovda qatnaşadi. 26 iyun kungi saylov vaqtida saylaş huquqiga ega ispaniyaliklar soni dekabrdagidan köra 197 ming 245 nafarga oşgan.
Bu demokratik Ispaniya tarixidagi 13-saylov.







