Özbekiston prezidenti farmoniga muvofiq tuzilgan “Haj va Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş böyiça Jamoatçilik kengaşi”ning qarori va tavsiyalari asosida “Umra-2016” Ramazon mavsumi taşkil etildi.

2016 yilning 25 iyun kuni erta tong soat 08:50da özbekistonlik ziyoratçilarning birinçi guruhi Toşkent–Jidda yönalişida umra amallarini ado etiş maqsadida Saudiya Arabistoniga jönab ketdi.

“Umra-2016” Ramazon mavsumining birinçi reysida uçiş Qoraqalpoğiston Respublikasi, Surxondaryo, Qaşqadaryo, Xorazm, Sirdaryo va Buxoro viloyatlari ziyoratçilariga nasib etdi. Ularga ziyorat davomida özbekistonlik tajribali işçi guruhi, guruh rahbarlari, şifokorlar hamda mohir oşpazlar xizmat körsatadi.

Ziyoratçilarga Makka şahrida “Nama Mavadda” va Madina şahrida “Nur Mavadda” mehmonxonalarida Saudiya Arabistonidagi bir neça yillik hamkor “al-Hidoya” şirkati tomonidan xizmat körsatiladi.