AQŞning Viskonsin ştatida bir ayol qutqaruv xizmatiga qönğiroq qilib, u bilan turmuş örtoğini uylaridagi muşuk "garovga olganini" ma'lum qilgan. Bu haqda The Mirror naşri xabar bermoqda.
"Bizning savol biroz ğalati eşitilişi mumkin, bizda muşuk bor va u esidan oğib qolgan körinadi, u erimga hujum qildi. Biz öz uyimizda garovda uşlanib turgandekmiz va muşukdan xalos bölib uçun kimdandir yordam va bizni qutqarişlarini sörasak böladimi?", deb aytgan ayol.
Çaqiriq böyiça voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelib, "ğazablangan muşukni" tutişgan. Muşuk egalari jabrlanmaganlar.
Naşrning yozişiça, muşuklar çaqaloqlardan taşqari, odamni öldira olmaydilar va AQŞning zamonaviy tarixida bunday holat qayd qilinmagan.
Naşr muşukning keyingi taqdiri haqida ma'lumot bermagan.







