Germaniya terma jamoasi Yevropa çempionatining nimçorakfinalida Slovakiya bilan kuç sinaşib 3:0 hisobida ğalaba qozondi.

Birinçi bölim nemislarning katta ustunligi ostida ötdi. 8-daqiqadayoq hisob oçildi. Töp burçakdan jarima maydoniga yetkazilganda, himoyaçilar uni qaytarişga muvaffaq bölişdi. Qaytgan töpga yetib kelgan Jyerom Boateng uzoq masofadan kuçli zarba yöllab, pastki burçakni aniq nişonga oldi - 1:0.

Oradan biroz vaqt ötgaç, Şkrtel jarima maydoni içida Gomesni qoida buzgan holda töxtatib qoldi. Boş hakam penalti belgiladi. Biroq Mesut Özil uni aniq amalga oşirolmadi. Darvozabon Kozaçik töpni qaytarişga muvaffaq böldi.

Şundan söng ham Germaniya öyin suratini pasaytirmadi. 43-daqiqada hisobdagi farq oşdi. Draksler çap qanotda himoyaçini aldab ötib, jarima maydoniga kirib keldi va töpni Gomesga uzatdi. Hujumçi esa yaqin masofadan darvozani osonlik bilan işğol etdi.

Ikkinçi bölimda öyin yönalişi özgarmadi. 63-daqiqada hisob yirik körinişga keldi. Burçakdan oşirilgan töpni Xedira boşi bilan Drakslerga taşlab berdi. U esa yaqin masofadan zarba yöllab, töpni osonlik bilan darvozaga kiritdi.

Şundan söng, hakamning final huştagiga qadar nemislar öyin tizginini qöldan çiqarişmadi va işonçli ğalaba qozonib, çorakfinalga yöllanma olişdi.

Germaniya keyingi bosqiçda Ispaniya-Italiya juftligi ğolibi bilan töqnaş keladi.

Yevro-2016.  1/8 Final.
Germaniya – Slovakiya 3:0
Gollar: Boateng (8), Gomes (43), Draksler (63).
Germaniya: Noyyer, Xummels, Boateng (Xevedes, 72), Xektor, Kroos, Kimmix, Özil, Xedira (Şvaynştayger, 76), Draksler (Podolski, 72), Gomes, Myuller.
Slovakiya: Kozaçik, Şkrtel, Şkrinyar, Domber (Salata, 84), Dyuritsa, Kutska, Groşovski, Vayss (Greguş, 46), Gamşik, Pekarik, Dyuriş (Şestak, 64).
Ogohlantirişdar: Şkrtel (13), Kimmix (46), Xummels (67), Kutska (90).