Ispaniyada 26 iyun kuni ötgan Boş kortesga (ikki palatali parlament) muddatdan avvalgi saylovlar vaqtida saylov uçastkalarida ikki nafar keksa saylovçi vafot etdi. 

92 yoşli erkak Madridda joylaşgan Ortega y Gasset kollejida ovoz bergandan keyin infarkt ötkazgan. Şifokorlar uning hayotini saqlab qolişolmagan, deb ma'lum qildi La Sexta telekanali. Santa Koloma de Farnersda (Kataloniya muhtor hamjamiyati) yaşovçi 79 yoşli erkak ovoz beriş uçastkasida yurak xurujidan vafot etgan.    

Ovoz beriş davomida boşqa noxuş voqealar qayd qilinmagan. 

Ispaniyaliklar quyi palataga 350 deputat va 208 senatorni saylaşdi. Ispaniyada hammasi bölib 36,5 mln fuqaro ovoz beriş huquqiga ega. Siyosiy birlaşmalar uçun ötiş çegarasi 3 foizni taşkil qiladi.