Bugun Yevropa çempionatining barça çorak finalçilari aniqlanadi. Parijdagi «Stad de Frans» stadionida Ispaniya hamda Italiya terma jamoalari 1/8 finalining markaziy bahsida maydonga tuşişadi. Öyin Toşkent vaqti bilan 21:00da boşlanadi.

Ispaniya musobaqani «D» guruhida boşladi va ikkinçi örinni egalladi. Musobaqaning amaldagi çempionlari Turkiya va Çexiyani mağlub etişdi. Oxirgi turda esa Xorvatiyaga mağlub bölişdi.

Italiya özi qatnaşgan «E» guruhida birinçi örinni egalladi. Konte şogirdlari dastlabki ikki turda Belgiya va Şvetsiyani mağlub etib, birinçi örin masalasini muddatidan oldin hal qilişdi. Ular uçun kerak bölmagan Irlandiyaga qarşi öyinda ikkinçi tarkib bilan öynab mağlub bölişdi.

Bu öyinni tomoşa qiliş uçun yana bir sabab bor. Ular ötgan Yevropa çempionatining finalida töqnaş kelişgan va öşa öyinda Ispaniya 4:0 hisobida ğalaba qozongan edi. Italiya bugun öşa mağlubiyat uçun ham ikki hissa kuç bilan öynaydi.

Ispaniya hamda Italiya terma jamoalari örtasidagi öyinni tomoşa qiliş imkoningiz bölmasa, tribuna.uz saytida olib boriladigan matnli reportajni kuzatib boring.