Amerikaning Microsoft korporatsiyasi vakillari, joriy yilda Surface 3 planşetlarini işlab çiqariş töxtatilişini rasman tasdiqlaşdi. 

Rasmiy izohga köra, ötgan yili Surface 3 işlab çiqarila boşlanganidan beri unga talab yuqori bölgan, mijozlarning xariddan köngli tölgan. Biroq, dökonlarda va omborxonalarda işlab çiqarilgan mahsulotlar soni kamayib bormoqda. Planşetni işlab çiqariş esa, 2016 yil dekabridan töliq töxtatiladi. 

Eslatib ötamiz, 10,8-dyuymli ekranga ega planşet-kompyuter 2015 yil may oyida savdoga çiqarilgan va 499-599 dollardan sotilgandi. Surface 3 dastlab Windows 8, keyinçalik Windows 10 operatsion tizimlarida işlagan. 

Hozirça, Surface 3ning merosxöri paydo böladimi yoki Microsoft birmunça qimmat modellar işlab çiqarişga e'tibor qaratadimi, noma'lum.