Ohayo ştatidagi universitet muhandislari plastik şişalarni yaratişning yangi texnologiyasini patentlaşdi. Bu plastik şişalarning içki yuzasi uning içidagi suyuqlikka (masalan, sovun, şampun yoki idiş yuviş vositasi) sönggi tomçisigaça bemalol tuşiş imkonini beradi. Reliz EurekAlert! saytida çop etilgan. 

Polipropilen şişalarning içki yuzasi u-şakldagi mikroskopik tuzilmalar bilan qoplangan bölib, ular mikroskopik havo çöntaklari yaratişadi, buning natijasida sovun tomçilari heç qaçon şişa sathiga tegmaydi. Tuzilmalar kremniy va kvarsdan yasalgan nanoparçalar yordamida yaratiladi. 

Bunday plastik şişalar avval oziq-ovqat mahsulotlari uçun yaratilgan edi, biroq idiş yuviş vositalari uçun emas.

Mikroskopik tuzilmalar şişa devorlarida tomçilar hosil bölişiga tösqinlik qiladi. Buning örniga pufakçalar paydo bölib, ular şişa oğzidan osonlikça ötib ketadi.