50 Cent taxallusi bilan maşhur bölgan AQŞlik rep ijroçi Kertis Jyekson 26 iyun kuni Karib dengizining şarqiy qismidagi Sent-Kits va Nevis Federatsiyasida hibsga olindi. Qöşiqçi u yerda musiqa festivalida iştirok etayotgan bölgan. Bu haqda The Guardian naşri xabar bermoqda.

Jurnalistlarning ma'lumotlariga köra, rep ijroçi konsert vaqtida sökingani uçun şoudan keyinoq öz şeriklari bilan hibsga olingan. Bu davlatda sökiniş qat'iyan taqiqlangan.

Ma'lum qilinişiça, qöşiqçi hozirda politsiya bölimida uşlab turilibdi, uning taqdirini sud hakamlari hal qiladi. Avvalgi yillar tajribasiga tayanib aytiş mumkinki, qöşiqçi bu gal ham jarima tölaş bilan qutulib qoladi.

Avvalroq şu davlatda xuddi şunday qoidabuzarlik uçun boşqa bir rep ijroçi DMX ham hibsga olingandi. Öşanda qöşiqçi 376 dollar jarima tölagaç, qöyib yuborilgan.