Ispaniya terma jamoasi Yevropa çempionatini nimçorak finalda tark etgan bölsada, bu terma jamoaning oltin davri yakunlanganidan darak bermaydi. Bu fikr Ispaniya boş murabbiyi Visente del Boske tomonidan Italiyaga qarşi öyindan keyingi matbuot anjumani vaqtida aytilgan.

Ispaniya 27 iyun oqşomida keçgan uçraşuvda Italiyaga 0:2 hisobida yutqazdi. Ispaniyaliklar 2008 va 2012 yillarda qit'ada tengsiz bölişgan, 2010 yilgi Jahon çempionatida ham boş sovringa ega çiqqandi.

"Ispaniya futbolining oltin davri hali yakunlanmadi. Tizim yaxşi yölga qöyilgan, köplab tajribali futbolçilar ortidan yanada köproq yoş iste'dodlar yetişib kelmoqda. Şunçaki şuni tuşiniş kerakki, bunday miqyosdagi turnirlarda uzluksiz ğalaba qiliş juda qiyin iş", degan del Boske.

Murabbiy hali lavozimida qoliş masalasini hal qilmagani haqida gapirgan.

"Yaqin kunlarda federatsiya bilan kelajagim haqida gaplaşib olaman. Hozirça heç qanday qarorga kelganim yöq. Heç qanday va'da bera olmayman", degan u.

Del Boske Italiya haqli ravişda ğalabaga erişganini e'tirof etgan.

"Ikkinçi bölimda biz birinçi bölimdagiga qaraganda yaxşiroq öynadik. Biz tavakkal qildik. Vaziyatdan çiqib ketişga urindik. Lekin Italiya ham öz öyinini körsata oldi. Ular juda samarali harakat qilişdi. Bu terma jamoa turnir favoritlaridan biri", degan murabbiy.

Italiya terma jamoasi çorak finalda Germaniyaga qarşi maydonga tuşadi. Bu jamoalar uçraşuvi 2 iyul kuni Bordo şahrida ötkaziladi.