Xavfsizlik sohasidagi nufuzli ğarblik mutaxassislar Telegram messenjerini muloqotning xavfsiz turidan ançagina yiroq deb hisoblaşmoqda. Bu haqda Gizmodo xabar bermoqda.
Mutaxassislardan biri – Fuqarolar erkinliklari Amerika ittifoqi boş texnologi Kristofer Sogoyan Telegram WhatsApp’dan farqli ölaroq, xabarlarni sözsiz şifrlamasligini va buni faqatgina maxfiy çatlarda amalga oşirişini aytdi. Mutaxassis messenjerning muqobillari orasida eng himoyalangani deb atalişi uni yaratgan dasturçilarning sözsiz şifrlaş zarurligini inkor qilişiga xalaqit bermasligiga hayron ekanligini aytgan.
Mutaxassis Alan Vudvord esa messenjer xavfsizligi böyiça hanuzgaça şubha uyğotuvçi Mtproto şifrlaş bayonnomasini qöllaşini qöşimça qildi. Jons Xopkins universitetidagi kriptografiya professori Metyu Grin Telegram şifrlaş bayonnomasi şunçaki "uydirma" ekanini, çunki uning algoritmi noma'lum, kriptograflar esa odatda uni oşkor qilişmaydi.
Barça söralgan mutaxassilar xavfsizlik uçun boşqa messenjerdan foydalaniş ma'qulroq degan fikrni bildirişgan.







