Google X’ning Kaliforniyadagi ştatida ötov paydo böldi, uni kompaniyaning qirğistonlik xodimi Tilek Mamutov örnatdi. U bu haqda feysbukda ma'lum qildi. 

"Hamkasbim Emiliga yordam uçun va bu ötovni qilib bergan Riçardga rahmat", deb aytilmoqda xabarda.

Mamutov ötov uçraşuvlar uçun xona sifatida xizmat qilişini ma'lum qildi. U xabariga ötovning örnatilişi jarayoni va içki körinişi aks etgan bir neçta fotosuratlarni ilova qildi.

Mamutovning feysbukdagi sahifasida joylaştirilgan ma'lumotga köra, u internetga kirişga ega bölmagan odamlarga aerostatlar yordamida internetni taqdim qiliş texnologiyasi – Project Loon ustida işlaydi.