Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bayonotiga köra, Turkiya prezidenti Rejyep Tayip Erdöğan Vladimir Putinga maktub yöllab, munosabatlarni yaxşilaş uçun muhim qadamni taşlagan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Haqiqatdan ham Turkiya prezidenti Erdöğan maktub yölladi. Va munosabatlarni yaxşilaş tomon muhim qadam taşlandi. Bilasizmi, Rossiya tomoni va prezident Putin juda mantiqiy nuqtai-nazarni himoya qildi.  Putin bir neça marotaba Turkiya va turk xalqi bilan yaxşiqöşniçilik aloqalarini qöllab-quvvatlaş istagini, buning uçun nima qiliş lozimligini ham bildirdi», — degan Peskov.

Şu bilan birga, uning qayd etişiça, muammoni bir neça kun içida hal etib bölmaydi. 

Avvalroq, Turkiya boş vaziri Binali Yildirim, Turkiya Su-24 samolyoti uçun Rossiyaga zararni qoplaşga tayyor ekanini bildirgandi.