Argentina terma jamoasining sobiq futbolçisi va sobiq murabbiyi hisoblanadigan Diyego Maradona Argentina futbol assotsiatsiyasini (AFA) tanqid qildi.
Maradonaning hisoblaşiça, AFA Lionel Messining sözlaridan öz maqsadlari yölida foydalandi.
«Albiseleste» 27 iyun kuni Amerika Kubogi finalida Çili bilan uçraşdi. Öyinning asosiy vaqti va qöşimça bölimlarda hisob oçilmadi. Şundan söng boşlangan penaltilar seriyasida Çili 4:2 hisobida ğalaba qozondi. Argentinaliklar safida zarba berişda adaşgan futbolçilardan biri Lionel Messi böldi, u tepgan töp darvoza tösini ustidan ötib ketdi.
Öyindan söng Messi terma jamoani tark etişi haqida ma'lum qildi.
«Messining sözlari Argentina futbolidagi halokatli holni foş etiş uçun aytilgandi.
Ular öz xatolarini yaşiriş uçun yigitlarni şunday sözlarni aytişga majburlaşdi. Va bugun biz ularni emas, Messin muhokama qilmoqdamiz.
Ular Messini Amerika Kubogi finalida 2 marta Çiliga mağlub bölganlik haqida gapirişga majburlaşdi.
Axir Argentina 1974 yilgi Niderlandiya emasku. Ular özlarini qutqarib qoliş uçun Messidan şunday sözlarni aytişni söraşgan», — deya Maradonaning sözlarini keltiradi La Nacion.
Argentina terma jamoasi qatorasiga ikkinçi marta Amerika Kubogi finalida Çili terma jamoasiga yutqazdi. 2015 yilgi turnir finalida ham argentinaliklar penaltilar seriyasida 1:4 hisobida mağlub bölgandi. Bundan taşqari, Messi va jamoadoşlari 2014 yilgi jahon çempionati finalida Germaniyaga (0:1) mağlub bölgandi.
Messi 2008 yili Argentina olimpiya terma jamoasi safida Pekin Olimpiadasi ğolibi bölgan, 2005 yilda esa yoşlar örtasidagi jahon çempioni bölgan. Ammo Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasi bilan yirik turnirlarda biror marta ham boş sovringa ega bölmagan.
Maradona: "Messi 2018 yilgi jahon çempionatiga borişi va yerda ğolib böliş kerak"







