Universal Mobile Systems Özbekiston-Rossiya mobil operatorining Rossiya tomonidan ta'sisçisi bölmiş MTS kompaniyasi mobil operatoridagi öz uluşini sotiş imkoniyatlarini körib çiqmoqda. Bu haqda kompaniyaga yaqin manbasiga asoslangan holda «Interfaks» axborot agentligi xabar tarqatdi.
Kompaniya vakili RBK naşriga ma'lum qilişiça, mobil operatori «UMS orqali Özbekistonda odatdagi tartibda faoliyatini davom ettirmoqda».
«Interfaks» manbasining fikriça, MTS Özbekistondagi öz biznesini «ramziy summa» evaziga sotadi. U bu biznesning sotilişi «negativ ssenariy» tusini olgani, şu bilan birgalikda mahalliy bozorda qolişni nazarda tutuvçi «bazali ssenariy» ham mavjudligini aytgan. U bu jarayon qaçon yakunlanişi noma'lumligini qöşimça qilgan.
UMS kompaniyasi matbuot xizmatining Kun.uz saytiga ma'lum qilişiça, bu jarayon abonentlarga ta'sir etmaydi, kompaniya odatiy tartibda faoliyat körsatişda davom etmoqda.
Universal Mobile Systems 2014 yilning 1 dekabridan uyali aloqa tarmoğini tijoriy foydalanişga topşirdi. 2014 yilning iyul oyida Özbekiston va MTS («Mobilnyye Telesistemy»)örtasida hamkorlik şartnomasi tuzilgan edi. Öşanda tomonlar qöşma korxona tuziş haqida kelişib olişgandi. Kelişuvga köra, korxona sarmoyasining 50,01 foizi MTSga, 49,99 foizi «Özbektelekom» AJga tegişli bölib, uyali aloqa operatori 2G/3G/LTE litsenziyalar, kerakli çastotalar, nomerlar hajmi, aloqa kanallari ijarasi bilan ta'minlandi. Tarmoqning boşlanğiç hajmi 2,5 million abonent raqami deb belgilandi.
Joriy yilning birinçi çoragi yakunlariga köra, UMS abonentlari bazasi 1,287 million kişini taşkil qildi.
E'lon qilingan moliyaviy natijalarga köra, UMS 2016 yil birinçi çoragida körgan foyda ötgan çorakka nisbatan 3,5 foizga köpayib, 85,241 milliard sömni taşkil etdi (2,2 mlrd rubl). Bu MTS guruhining umumiy daromadida 2 foizlik uluş demakdir.







