Akbar Rahimovga (ism-familiyalar özgartirilgan) Qodir Karomatov özini advokatman, deya taniştirdi. Aslida esa u bu sohadan umuman uzoqda bölgan, firibgarlikni kasb qilgan kimsa edi. A.Rahimov yangi loyihalar asosida inşootlar quriş boşlanganida savdo dökoni buzilgani, endi dökon uçun yer olmoqçiligi, bunga qonun tomonlama yordam berişini sörab, Qodir Karomatovga murojaat qildi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda. 

Qodir Karomatov esa katta va'dalar bermasligini, ammo yöl-yöriğini qilib, işini bitirib berişini, faqat bu işning xarajati borligini aytib, A.Rahimovdan ming “kök”ini söradi.

A.Rahimov esa bu narx unga oğirlik qilişini, bir oz insof bilan narx aytişini iltimos qildi. Suhbat ham, savdolaşiş ham uzoqqa çözilmadi. Kelişilganidek, yöl yoqasida, odamlarning közidan pana joyda Qodir Karomatov Akbar Rahimovdan 500 AQŞ dollarini olib, içki çöntakka soldi. Oradan 10-15 kun ötib, turli bahonalar bilan yana 200 AQŞ dollarini qölga kiritdi.
“Hojatbaror” söralgan xizmat haqini berib, işni bitiraman, degan  A.Rahimov esa bu işning natijasini uzoq vaqt kutsa-da, amalga oşmadi.

Hiyla işlatişda davom etgan Q.Karomatov bu safar qaramoğiga yana bir soddadil insonni ilintirdi.

- Advokatman, aka. Biror xizmati bor odamdek turibsiz.

Mijoz esa öğli bilan kelini çiqişolmay qolgani, yoşlarning oilasi buzilib ketişini xohlamasligini aytdi. Qodir unga yordam berişi mumkinligini, sud bilan gaplaşişi, kelini bilan öğli, albatta, yaraşib ketişini aytib, öziça mijozning könglini kötargan böladi. 
Abdurahmon aka uyiga köngli xotirjam qaytdi. “300 AQŞ dollari evaziga kelinim uyga qaytsa, öğlimning oilasi saqlab qolinsa... men roziman...”, deya könglidan ötkazgan ota firibgarning aldoviga uçganini öğli bilan kelini sudga kelgan kunda “advokat”ning qöl telefonini kötarmay juftakni rostlab qolganida sezdi.

Firibgar “advokat”ning esa öz jinoiy faoliyatini töxtatiş niyati yöq edi. “Attaron” mahallasidan çiqqan taniqli “advokat” haqida eşitgan qoqiştuvonlik Malika aya hökizini Mirali qassoboga berib, 5 million söm pulini ololmay yurgan öğli Haydaralini çaqirdi va zör advokat borligi, uni sarson qilib yurgan anavi qassobdan pulini olib berişi mumkinligini aytdi va öğliga advokatni topişni buyurdi. 

Onasining topşiriğini jon deb ado etgan öğil ham Q.Karomatovdan hujjat sörab ötirmadi. Firibgar undan 70 ming söm söradi. 

- Xöp desangiz plastik kartoçkamni beraman, - dedi Q.Karomatov göyo “advokat” ertagayoq qassobdan 5 million sömni keltirib beradigandek...