Jamiyat | 11:21 / 28.06.2016
38156
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda joylashgan Mega Planet savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in chiqdi (foto va video)

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Voditeli Tashkenta» (DRIVERS.UZ) guruhida qoldirilgan fotoxabarga ko‘ra, Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan Mega Planet savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in chiqqan. 

Fotoxabarga qoldirilgan izohlardan shuni bilish mumkinki, yong‘in markazning 4-qavatida yuzaga kelgan. U yerda esa fast-fudlar tayyorlanadigan kafelar joylashgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in qisqa tutashuv natijasida ro‘y bergan. Odamlar evakuatsiya qilingan.
Guruh a'zolaridan biri yong‘in bartaraf etilgani haqida xabar berib, izoh qoldirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish