15-sentabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi boş vaziri Xan Son Suk qöşma biznes forumining oçilişida iştirok etdi.
Tadbirda ikki mamlakat davlat tuzilmalari va işbilarmon doiralarining 300 nafardan ziyod vakili, jumladan, yetakçi moliya institutlari, yirik sanoat korxonalari va savdo kompaniyalari rahbarlari qatnaşdi.
Koreya tomonidan Lotte Chemical, Hyundai Motor Group, Samsung C&T, CJ Group, Shinhan Financial Group, Hyundai Rotem, KIND, BOMI, Kia Corporation, Sampyo Group va Hansae Mobility kabi kompaniyalar vakillari iştirok etdi.
Şavkat Mirziyoyev Özbekiston industrial va texnologik taraqqiyotning yangi bosqiçiga qadam qöyayotganini taʼkidlab, özaro savdo hajmini oşiriş, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş va yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
Prezident Özbekistonning resurs salohiyati, Koreyaning ilğor texnologiyalari va ikki mamlakat kompaniyalarining investitsiyaviy imkoniyatlarini birlaştiriş orqali yangi iqtisodiy ösiş nuqtalarini yaratişni taklif qildi.
Iqtisodiy şeriklikni rivojlantirişning ustuvor yönalişlari sifatida sanoat kooperatsiyasi va töliq işlab çiqariş zanjirlarini şakllantiriş, energetika va «yaşil iqtisodiyot», transport va zamonaviy infratuzilma, raqamlaştiriş va sunʼiy intellekt belgilandi.
Şuningdek, yarimötkazgiçlar va mikroelektronika, biotexnologiya va farmatsevtika, qöşma ilmiy tadqiqotlar, ilğor texnologiyalarni joriy etiş va kadrlar tayyorlaş böyiça hamkorlikni kengaytiriş taklif qilindi.
Koreya kompaniyalari Özbekistonda misni qayta işlaş, elektrotexnika uskunalarini işlab çiqariş, avtomobil va elektromobil sanoati uçun butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş, robototexnika va avtomatlaştiriş sohalarida loyihalarni amalga oşirişga çaqirildi.
Bundan taşqari, biotexnologiya va farmatsevtika, gidroenergetika, energiyani saqlaş tizimlari, energetika tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, transport va şahar infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça loyihalar taklif etildi.
Sanoat-texnologik hamkorlikni yanada çuqurlaştirişning amaliy mexanizmi sifatida Özbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tuziş taşabbusi ilgari surildi.
Prezident Özbekistonda Koreya biznesi uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş va qöşma loyihalarni amalga oşirişda amaliy kömak körsatişga tayyorligini bildirdi.












