Migratsiya agentligi va «RRG AG» taşkiloti quriliş sohasi mutaxassislarini Germaniyada işlaşga taklif qilyapti.
Dastur doirasida böş iş örni 200 ta, oylik maoş 2500 yevroni taşkil etadi. Bunda ğişt teruvçi, quriliş duradgori, quriliş çilangari, sanoat mexanigi, quriliş krani operatori, quriliş payvandçisi va quriliş beton quyuvçisi mutaxassisliklari böyiça vakansiyalar mavjud.
Tanlovda 18–39 yoşdagi, oliy yoki kasb-hunar taʼlimi töğrisidagi diplomga ega nomzodlar iştirok etişi mumkin. Talabalar: tegişli yönaliş böyiça kamida 2 yillik texnikum yoki kollej diplomi hamda sönggi 5 yil içida tegişli sohada kamida 2 yillik iş tajribasi.
Iş haftasiga beş kun, 40 soatdan iborat böladi. Mehnat şartnomasi muddatsiz tuziladi va olti oylik sinov muddatini öz içiga oladi.
Nomzodlar uçun Germaniyadagi turar joy xarajatlari oyiga 300 yevroni taşkil etadi. Oziq-ovqat xarajatlari ham xodim hisobidan qoplanadi.
Talabgorlar Toşkent şahridagi «Berlitz» öquv markazida 8 oy davomida A1 darajadan B1 darajagaça bepul nemis tili kursida öqitiladi. Xarajatlar Migratsiya agentligi va iş beruvçi tomonidan qoplanadi.
Til sertifikati imtihoni, viza va aviaçipta xarajatlari ham iş beruvçi tomonidan qoplanadi. Mehnat şaroitlari - iş haqi, ustamalar, suğurta, taʼtil va boşqa imtiyozlar - Germaniyadagi xodimlar bilan teng darajada belgilanadi.
«Germaniyaga joylaşganingizdan söng oila aʼzolaringizni doimiy yaşaş uçun olib keliş hamda bolalar uçun nafaqa oliş imkoniyati mavjud», deyiladi iş eʼlonida.
Röyxatdan ötiş uçun kerakli yönalişlar:











