Britaniyaning texnologik startapi Smart Antenna Technology tomonidan işlab çiqilgan noutbuklar antennasi Wi-Fi, GPS, Bluetooth, 3G/4G LTE va WiGig (60 GGts) kabi simsiz ulaniş standartlarini qöllab-quvvatlaydi. Şunday qilib, Birmingem Universiteti olimlari işlab çiqqan antenna, 5ta turli xil vazifani bajaruvçi antennalarni bittasiga almaştiriş imkonini beradi.
Bu esa, öz navbatida noutbukdagi tor hudud muammosini birmunça ijobiy hal etadi.
Endilikda, Multi-Input-Multi-Output («köpsonli kiriş va köpsonli çiqiş») antennasi yuklaş tezligini oşiriş barobarida batareya quvvati muddatini uzaytiriş imkonini ham beradi.
Bundan taşqari, yagona detal bölgan yangi antenna hajm va xarajatlarni ham qisqartiradi.
Ayni vaqtda, Smart Antenna Technology startapi Sony bilan kompaniyaning Texnologik markazida uşbu antennani işlab çiqariş borasida muzokaralar olib bormoqda.







