Bir oz avval saytimiz orqali  Özbekiston hududida moliya piramidasi taşkil etgan Çinozlik Ahmadboy Tursunboyevning qölga olingani, şuningdek, 16 iyun kuni «Toşkent» telekanalida, noqonuniy valyuta operatsiyalari bilan şuğullanib kelgan, xalq orasida "Ahmadboy" deya nom qozongan Ahmadjon Tursunboyev haqida qisqa maxsus reportaj namoyiş etilgani töğrisida xabar bergandik. Bu boradagi gap-sözlar hali tinib ulgurmay, Ahad Qayum instagramdagi sahifasi orqali Ahmadboyga atab yozgan şe'rini joylaştirdi. Yoş şoir uşbu şe'r muxlislar talabiga binoan yozilganligini izoh tarzida yozib qoldirgan. 

 Odamlardan töplab qança oltin-zar,
Qaytaraman debsiz ikki barobar.
Jabr qilib elu-yurtga dardisar,
Endi heç kim rahmat demas, Ahmadboy.
Bu işingiz yaxşi emas, Ahmadboy!
 
Beçoralar işlatmayin kallani,
Kalla desa opkelibdi sallani.
Siz ham poylab ayni kerak pallani,
Fil ham axir sizça yemas, Ahmadboy.
Bu işingiz yaxşi emas, Ahmadboy!
 
 Birov haqi yuqmas emiş birovga,
Joningizni qöyibsizda garovga.
Bekor qibsiz suvlar sepib olovga,
Ketdi pullar Kamaz-kamaz, Ahmadboy.
Bu işingiz yaxşi emas, Ahmadboy!
 
Almaşibsiz paxtalarni taxtaga,
Ayrim kunlar taxtalarni paxtaga.
Pulim yetar debsiz tilla yaxtaga,
Özingizni bosing bir pas, Ahmadboy.
Bu işingiz yaxşi emas, Ahmadboy!
 
Xafa bölmang şoir Ahmad Qayumdan,
Şe'r yozing deb talab qilişdi undan.
Ranjimang siz endi aslo heç kimdan,
Bu sözlarim sizga bir dars, Ahmadboy.
Bu sözlarim sizga bir qarz, Ahmadboy.
Bu işingiz yaxşi emas, Ahmadboy!