Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan çiqişiga doir qayta ovozga qöyişni talab qiluvçi petitsiya 4 milliondan ortiq kişi tomonidan imzolandi. Mazkur petitsiya Britaniya parlamentining rasmiy saytida çop etildi. 

Hozirga qadar petitsiyani 4 012 228 kişi imzolagan.  

Buyuk Britaniya boş vaziri Devid Kemeron Brexit'dan söng mamlakatni Yevropa Ittifoqida saqlab qoliş imkoni yöqligini ma'lum qildi.

Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqişiga bağişlangan referendum 23 iyunda bölib ötdi. Brexit tarafdorlari 51,9 foiz ovoz töplab, referendumda ğalaba qozonişdi. 

Şotlandiya hukumat rahbari Nikola Sterjyen mamlakat öz kelajagini Yevropa Ittifoqi tarkibida körayotganini ma'lum qilgan. Şimoliy Irlandiyaning "Şinn Feyn" milliy partiyasi  raisi Deklan Kerni ham Irlandiya bilan birlaşişga doir referendum ötkazilişi tarafdori ekanligini bildirdi.