"Rok-n-roll qiroli" Elvis Preslining qizi törtinçi turmuşidan ajralmoqda. Bu haqida Hello Magazine naşri xabar qildi.
48 yoşli Liza Mariya Presli 10 yillik turmuşidan söng Maykl Lokvud bilan ajraşişga ariza berdi.
Presli xonimning rasmiy vakili bu ma'lumotni tasdiqladi. Afsonaviy qöşiqçining qizi ajraşiş sababi sifatida murosasiz kelişmovçiliklarni körsatdi.
Juftlikning 7 yoşli egizak qizlari bor. Presli bolalar uçun javobgarlik huquqini unga taqdim etişni söradi, Lokvudga esa qizlardan "nazorat ostida" xabardor bölib turiş taklifini bildirdi. Presli özi va farzandlari uçun aliment talab qilmadi.
"Presli undan heç qanday pul olişni istamaydi", - deya ma'lum qildi manba. Uning sözlariga köra, juftlik nikoh şartnomasi tuzgan.
Bundan avval Preslining qizi musiqaçi Denni Kio (bu turmuşidan bir öğil, bir qizi bor), qöşiqçi Maykl Jyekson va aktyor Nikolas Keyj bilan oila qurgan.
Foto:Google image







