Amerikalik taniqli faylasuf, sotsiolog va futurolog olim Elvin Toffler 88 yoşida özining Los-Anjyelesdagi (Kaliforniya ştati) uyida hayotdan köz yumdi. Bu haqida Toffler Associates konsalting kompaniyasi xabar qildi.
Postindustrial jamiyat haqidagi mulohazalari bayon etilgan Future Shock nomli kitobi bilan u butun dunyoga tanilgandi.
"Zamonamizning eng hurmatli futurologlaridan biri, hukumat rahbarlari hamda yetakçi işbilarmonlarga ta'sir körsatgan ğoyalar muallifi Elvin Toffler 27 iyun kuni vafot etdi. Uning biznes hamkori hamda turmuş örtoği Xeydi Toffler 60 yildan ortiq vaqt davomida doim birga böldi", - deyiladi kompaniya xabarida.
Toffler "global trendlarning ötkir kuzatuvçisi va başoratçisi" sifatida e'tirof etiladi. U Nyu-York ştatidagi Universitetni tugatib, oila qurgan va 5 yil davomida jurnalist sifatida faoliyat yuritgan.
Toffler davlat boşqaruvi, iqtisodiyot va oila tuzilmasining barça oqibatlarini oldindan aniq aytib bergan. Futurolog internet, personal kompyuterlar, kabel televideniyesi va hattoki klonlaştirişni töğri prognoz qilgan.
U öz ğoyalarini kitoblarda aks ettirgan. Ulardan eng maşhurlari "Uçinçi tölqin" (Third Wave, 1980) va "Hukumat metamorfozalari" (Powershift, 1990).
Toffler özining bir qator futurologik prognozlari bilan keyinçalik haq bölib çiqqandi. U elektron poçtalar, telekonferensiyalar, onlayn çatlar va boşqa yangiliklarni oldindan başorat qilgan.
Uning ğoyalari tadbirkorlar va olimlarning keng doirasiga ta'sir körsatgan. Xususan, Stiv Jobs, Bill Geyts va AOL konglomerati asosçisi Stiv Keysga.







