Ğarb mamlakatlari Damaşqni tanqid qilişi barobarida, Suriyaga öz vakillarini yuborib, AQŞdan yaşirinça muzokaralar ham ötkazmoqda. Suriya prezidenti Başar Asad Avstraliyaning SBS telekompaniyasiga bergan intervyusida şunday fikrlarni bildirgan. 

"Ğarb davlatlari, Suriyaga siyosiy hujum qilib, rasmiy vakillarini Damaşqqa yubormoqda. Ularning aksariyati xavfsizlik sohasi mutaxassislari bölib, biz bilan maxfiy muloqot olib bormoqda. Şu bilan birga, ular AQŞga noqulaylik yetkazişni xohlaşmaydi", - deb qayd etgan Suriya yetakçisi. 

Asadning fikriça, "ğarbning aksar mas'ul şasxlari (siyosatçilari), Qöşma Ştatlar ulardan nimani eşitişni xohlaşsa, şuni gapirişadi".