Yurtimizda muborak Ramazon şukuhi kezib yuribdi. Fazilatli kunlarga yurtdoşlarimiz xuş kayfiyatda, tinç-omonlikda peşvoz çiqdilar. Ayniqsa, davlatimiz Rahbarining har yilgidek “Yurtimizda Ramazon oyini munosib tarzda ötkaziş töğrisida”gi Qarorlarini musulmonlarimiz mamnuniyat bilan qarşi oldilar.

Ana şunday muborak kunlarda ham doimgidek, ozmi köpmi kundalik taşvişlar bilan ba'zida nolib, ba'zan kiçik muammolardan zerikib yurgan kezlarimiz... internet tarmoğidan dunyodagi yangilik va hodisotlarni öqib ötirib aççiq bir haqiqatni anglab yetdim. Hamda bu haqida yurtdoşlarimiz ham ogoh bölişlarini xohladim...

“Terakt natijasida 6 kişi halok böldi...”
“Yaponiya janubida kuçli köçki va toşqinlar röy berdi...”
“BMT: jahonda qoçqinlar soni 65 million kişiga yetdi...”
“Indoneziyadagi suv toşqinlari va köçkilar 43 kişining hayotiga zomin böldi...”
“Xitoyda suv toşqini tufayli 400 ming kişi evakuatsiya qilindi...”
“Kobulda avtobus portlaşi oqibatida 14 kişi qurbon böldi...”
“Kareliyada bolalarning halok bölişi tufayli motam e'lon qilindi...”
“Kaliforniyada samolyot temir yöl bekatiga qulab tuşdi...”
“Qozoğiston janubida otişma sodir böldi...”...
(Internet axborot saytlaridan 19-20 iyun kunlari yangiliklaridan olindi)

Ha, bugun dunyo tinç emas. Hamma ham bizlardek xotirjam emas. Barça ham Ramazonga mamnuniyat bilan peşvoz çiqayotgani yöq. Ba'zi yurtlarda talofatu tabiiy ofatlar avjiga çiqqan, yana ayrim davlatlar öz fuqarolarining xiyonatidan alamzada. Yana şunday ölkalar borki uning istiqomat qiluvçilari har yerda sarson-sargardon. Burda nonga zor norasidalarini bağriga bosib issiq uyidan ketişga majbur beçorahollar kam emas taassufki...

Payğambarimiz Rasululloh (s.a.v.): “Kimki bir kun öz oilasi içida tinç, tani soğ bölib tursa va oldida şu kuniga yetarlik taomi bölsa, u odamga göyo butun dunyo berilgan hisoblanadi”, degan ekanlar. Aziz va saodatli yurtdoşim! Bir marta bölsa ham yurtingiz, oilangiz, heç bölmaganda özingiz uçun fikr yuriting. Bugun dunyoda nimalar sodir bölmoqda, qalb közlaringizni oçing. Barçasidan xabardor böling.

Biz issiqdan nolib hovlimizga qayta va qayta suv sepayotganimizda dunyoning qaysidir burçagida qultum suvga zor, yuqori haroratdan asranişga joy topolmayotgan minglab insonlar borligini öylamaymiz. Uxlayotgan bolamiz oldida piçir-piçir gapiramizu qaylardadir kunlab oylab öq va portlaşlar ovozidan halovat yöq, tinçlik yöq köz yummagan gödaklar borligini eslamaymiz. Yaqinlarimizga ozgina mehr berib, köproğini kutamiz, köngillariga köp bor ozor beramiz, zaminning qay burçagida oila a'zolarini bir-bir yöqotayotgan kişilar holatini his qilmaymiz. Farzandlarimiz şöxligidan çarçaymiz, savollari ortiqçadek tuyuladi... biroq qayerlardadir yuzlab çaqirimni dilbandini bağriga bosib yurib ketayotgan otalarning qayğusini tasavvurimizga siğdirolmaymiz...