Uçuvçi apparatlarni avtomobil kabi foydalaniş mumkin bölgan transport vositasiga aylantiriş va personallaştiriş ğoyasi yangilik emas. Biroq bu ğoya turli omillarga köra kuçga kirmadi. Kvadrokopterlar va ularning transformatsiyalarini paydo bölişi yaqin kelajakda insonlar yer osti yölidan havoda uçib, manzilga yetişlariga yordam beradi.
Airvinci - yangi maşinalar ğoyasi, loyihasi va hattoki, ularning sinov talqinini yaratuvçi kompaniyalardan biri. Kompaniyaning sönggi loyihasidan biri - 120 kilogrammli yuk kötara oladigan şaxsiy mini-vertolyot yoki transport droniga aylana oluvçi uçiş apparati. Öziga xos impellerning parvozi uçun umumiy motorli har biri 28 ot kuçiga ega bölgan ikkita dvigateldan foydalanilgan.

Airvinci yozda maşinaning birinçi parvozini sinovdan ötkaziş niyatida. Biroq u qaçon sotuvga çiqişi va narxi haqida kompaniya heç qanday ma'lumot bermagan. Şaxsiy uçiş apparati qidiruv-qutqaruv va ekspeditsion operatsiyalarni amalga oşirişda, xususiy pilotlaştiriş, katta bölmagan va muhim yuklarni yetkazib berişda qöllaniladi.













