Belarusda 1 iyulga ötar keçasi 10 000:1 nisbatda denominatsiya bölib ötib, yettita yangi banknota va sakkizta yangi tanga muomalaga kiritilişi boşlandi. Bu haqdagi tegişli farmon Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko tomonidan 2015 yilning 4 noyabrida imzolangandi.

2016 yil 1 iyulidan 31 dekabriga qadar eski va yangi kupyuralar erkin muomalada böladi. Eski pul belgilari 2017 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrga qadar BMB, Belarus banklari va bank hisoblanmagan kredit-moliya muassasalarida, 2020 yil 1 yanvardan 2021 yil 31 dekabrgaça esa Milliy bankda çeklovlarsiz yangilariga almaştiriladi. 

«Naşa Niva» xabariga köra, yangi belarus rubli sifatida muomalaga 7ta banknota kiritilmoqda: 5, 10, 20, 50, 100, 200 va 500 rubllik. Şuningdek, 1, 2, 5, 10, 20 va 50 kopeykalik, 1 va 2 rubllik tangalar paydo böldi. Eng kiçik banknota eski 50 ming Belarus rubliga töğri keladi. Yangi kupyura va tangalarning butun töplami 888 rubl va 88 tiyinni taşkil etadi.

1 iyul kuni holatiga köra yangi 1 belarus rubli Rossiyaning 32 rubliga yoki, AQŞning 0,5 dollariga töğri kelmoqda.

Bu denominatsiya Belarus mustaqillikka erişganidan buyon ötkazilgan uçinçisi böldi. 1994 yilda rubl 10:1 nisbatida, 2000 yili 1000:1 nisbatidan denominatsiya qilingandi.

17 iyun kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko denominatsiya vaqtida narxlarni oşirganlik uçun «boşni olişi» haqida aytib ötgandi.