Braziliya sudi Facebook'ga tegişli bölgan WhatsApp kompaniyasi narkotrafikda aloqador deb gumon qilinayotgan foydalanuvçining qator yozişmalarini oçib berişdan boş tortgani uçun ijtimoiy tarmoqning mamlakatdagi 19,5 million real (6 million dollardan ortiq) hisobini bloklab qöydi. Mavzu yanvar oyidan beri Braziliya federal politsiyasining kokain sotuvçilarining xalqaro tarmoğiga qarşi olib borayotgan tergovlari xususida bormoqda, deb xabar qiladi “Reyter”. 

WhatsApp messenjeri ularning yozişmalarini oşkor etişdan boş tortgan, şundan söng kompaniya mablağlarini bloklab qöyiş qarori qabul qilindi. WhatsApp'ning Braziliyada heç qanday hisobi yöq, şuning uçun uning egasi bu borada jabr kördi.  

2015 yilning dekabrida Braziliya sudi WhatsApp mobil dasturi işini vaqtinçalik töxtatib qöygan edi. Bu holat esa Janubiy Amerika mamlakatlarida rossiyalik tadbirkor Pavel Durov tomonidan işlab çiqilgan Telegram dasturining körsatkiçi yuqori darajada ösişiga olib keldi.