Ukrainalik amaldorlar yetim bolalarga bir neça iPhone 5s va iPhone 5c smartfonlarini sovğa qilişdi. Uşbu qurilmalar Xitoyning qalbaki nusxalari bölib çiqdi. Bu haqida mahalliy OAV xabar qiladi. 

Sovğalar ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan professional-texnika öquv bilim yurti bitiruvçilariga topşirildi. 

Qayd etilişiça, ayfonlarning original emasligini osongina farqlaş mumkin  — 34 smartfonda ham Android opertsion tizimi mavjud edi.

«Menga tuşuntirib berişlariça, iPhone'ni qiyofadoşi bölgan bu telefonlarda Android dasturiy ta'minoti mavjud bölib, u iOS'ga öxşaydi. Buni darhol bilişning iloji bölmadi, çunki şrift va belgilar juda öxşaş edi. Biroq xizmat markazlaridagilar menga dasturiy ta'minot boşqa ekanligini aytib ötişdi. U orqali  Google Play'da heç nimani yuklab olişning imkoni yöq, hattoki, uni topib olişni ham iloji bölmadi. Şuning uçun bu telefonga markazlarning birida heç qanday dastur yuklab bölmadi. Heç kim buni qayerda va qanday amalga oşirişni  bilmaydi», — deydi bitiruvçilardan biri.
Rasmiy press-relizda qayd etilişiça, apparatlar bir yarim yil avval musodara qilingan.