AQŞning uçuvçisiz qurilmalari 25-iyun kuni amalga oşirgan aviazarbalarida IŞIDning 2nafar harbiy yetakçilarini öldirgan, deb xabar qilmoqda Reuters.

Pentagon vakili Piter Kukning ma'lum qilişiça, Mosul şahri yaqinida amalga oşirilgan havo zarbalarida IŞIDning "uruş vaziri" deb nomlanuvçi örinbosari bilan birga yana bir harbiy boşliq yöq qilingan. 

Kukning qayd etişiça, xalqaro koalitsiyaning avvalgi yutuqlar qatori uşbu muvaffaqiyati ham IŞIDning Mosuldagi guruhi rahbariyatini zaiflaştiradi. 

Avval xabar berilganidek, AQŞ yetakçiligidagi xalqaro koalitsiya IŞIDning 200 avtomobili hamda taxminan 250ga yaqin jangarisini yöq qilgani xabar qilingan edi. Avtokarvonlarga berilgan havo zarbalarining videolavhalari Pentagon saytiga joylaştirilgan.