Amerikaning Boeing Co. aviaquriliş konserni 270 nafargaça kişini siğdira oladigan yangi örta magistralli yölovçi samolyotini işlab çiqarişni rejlaştirmoqda. Bu haqida 1 iyul kuni The Wall Street Journal xabar berdi. 

Samolyot 5,3 - 9,2 ming kilometr masofada işlaşga möljallangan, parvozning örtaça davomiyligi 10 soatgaça bölgan vaqtni öz içiga oladi. Yangi layner 10 yil içida ekspluatatsiyaga topşirilişi kerak.

 "U siz öylaganingizdan ança tezroq işlab çiqiladi", - deya ta'kidladi Boeinğning işlab çiqariş böyiça vitse-prezidenti Mayk Dileyni. 

Bundan taşqari kompaniyada yangi Boeing 737 modifikatsiyasini yaratiş imkoniyati körib çiqilmoqda va uni Max deb nomlaş rejalaştirilmoqda. Yanada qudratli dvigatellar bilan ta'minlangan samolyot öz bortiga 250 kişini siğdira oladi. Boeing 737'ning yangi modifikatsiyasi 2021 yilda bozorga çiqişi kutilmoqda.