Musobaqa yakunigaça yana ikkita öyin bölişiga qaramay, köpçilik bugungi öyin ğolibi Yevropa çempioni bölişini taxmin qilmoqda. 

Italyanlarga qur'a hatto ğanimingga ham ravo körmaydigan raqiblarni sovğa qildi – Yevropa çempionlari ortidan ularga jahon çempionlari töğri kelganini qarang? Vohalanki, Antonio Konte şogirdlari guruh bosqiçini namunali - birinçi örinda yakunlagan va yengilroq qur'aga umid qilsa bölaverarar edi. Lekin, barçamizga ma'lumki, qiyinçiliklar - toblaydi. Katta ehtimol bilan bugungi bahsda ğolib çiqqan jamoaga kelgusi umumiy ğalaba uçun zör imkoniyat eşigi oçiladi.

Jamoalar holati

Antonio Konte ispanlarga qarşi ajoyib uçraşuv ötkazgani bilan çorak final bahsida öz şogirdlaridan bundanda kuçliroq öyin körsatişlarini talab qilişi aniq. Ammo, murabbiyda tarkib bilan boğliq bir qator muammolar bor. Tyago Motta diskvalifikatsiyada, Daniele De Rossi va Kandreva ham öyinni ötkazib yuborişi mumkin. Bundan taşqari, italyanlarning ön bir öyinçisi kartoçkalarda osilib turibdi va yana qiziqqonlik qilişsa, yarim finalni ötkazib yuborişadi.

Nemislarda bittadan sariq kartoçka olgan futbolçilar soni tört nafar. Yoaxim Lyov şogirdlari orasida jarohat olganlar umuman yöq. Demak, Germaniya termasi jangovar holatda. Bugun köproq murabbiylar bahsiga guvoh bölsak kerak.
Taxminiy tarkiblar

Italiya: Buffon, Bartsali, Bonuççi, Kellini, Florentsi, Sturaro, Parolo, Jakkerini,De Şilo,Pelle, Eder.

Germaniya: Noyyer, Kimmix, Boateng, Xummels, Xyovedes, Kroos, Xedira, Myuller, Özil, Draksler, Gomes.

Asosiy va qöşimça bölimlar böyiça taxminiy hisob: 0:0

Germaniya hamda Italiya terma jamoalari örtasidagi öyinni köriş imkoningiz bölmasa, Tribuna.uz saytida olib boriladigan matnli reportajni kuzatib boring.

Elmurod ERMATOV, Andijon.