Lid nikli xaker Oculus hamtaşkilotçisi Brendan Irbening tvitter-akkauntiga kira oldi va uning nomidan kompaniyaning yangi boş direktorini taniştirdi. Bu hodisaga TechCrunch naşri öz e'tiborini qaratdi.

"Biz Oculus’da yangi boş direktorni taniştirişdan mamnunmiz. @Lid! :)", - deyiladi Brendanning tvitterdagi sahifasida. Şuningdek, sahifada qoldirilgan yozuvlarga köra, xaker akkauntning xavfsizligini tekşirmagan, u şunçaki köngilxöşlik qilgan.

Voqea 29 iyunda yuz berdi. Xaker tomonidan qoldirilgan tvit ertasi kuni öçirib taşlandi. Facebook kompaniyasi rahbariyati (Oculus ularga qaraşli) vaziyatga izoh bermagan.