Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Röza hayitini dam oliş kuni deb e'lon qiliş töğrisida”gi 1992 yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq: 

1. Özbekiston musulmonlari idorasining 2016 yilda Ramazon hayitining birinçi kuni 6 iyul çorşanba kuniga töğri kelişi haqida qabul qilgan qarorini e'tiborga olib, 2016 yil 6 iyul dam oliş kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nişonlansin. 

2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamğarmalari va boşqa mutasaddi idoralar, jamoat taşkilotlari Ramazon hayitini joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravişda ötkaziş uçun tegişli tadbirlarni amalga oşirsin. 

3. Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Özbekiston Milliy axborot agentligi va boşqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nişonlaş bilan boğliq tadbirlarni keng yoritiş tavsiya etilsin. 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 
Toşkent şahri, 2016 yil 1 iyul