@onleaks Twitter-blogeri yangi Galaxy Note 7 flagman planşetofonining birinçi "ayğoqçi" suratini joyladi. Samsung bu qurilmani 2 avgust kuni rasmiy tarzda taqdim etadi. Suratda ma'lum bölişiça,  fablet ekrani Galaxy S7 Edge kabi "dumaloq" bölib,  diagonali 5,8 dyuymni taşkil etadi.

Bundan taşqari, panel yuzasining tepa qismida bir neça qöşimça teşiklar mavjud. Samsung kompaniyasining patentlangan arizasida qayd etilişiça, kamalak qobiğli skaner inson közini aniq bilişi uçun uçta linza kerak böladi. Şuning uçun uçta aylana teşik biometrik sensor vazifasini ötaydi. Displey ustida örnatilişi kerak bölgan sensorni joylaştiriş uçun joy qolmagani sababli kompaniya öz logotipini olib taşlaşga majbur bölgan.

Galaxy Note 7 haqidagi ma'lumotlar internetda bir neça kun avval tarqalib ketdi. Evan Blasa (@evleaks) guvohlik berişiça, apparat Super AMOLED Quad HD ekrani va ikkita kameraga ega: 12 megapikselli asosiy va  5 megapikselli frontal kameralar, içki xotira hajmi — 64 GB (+  microSD kartani ham kötara oladi).
Fablet çang va namlikdan himoya qiluvçi IP68 standartlari böyiça ruyxatdan ötadi. Korpus ranglari — qora, kulrang va kök. Şuningdek, Note 7 qurilmasi 6 gigabaytli operativ xotira va  3600–4000 mA*ç siğimli batareyaga ega böladi. 

Note 7 Linkoln markazida (Nyu-York) bölib ötadigan navbatdagi yirik Samsung Unpacked 2016 matbuot anjumanida taqdim etilişi kutilmoqda.