Biror marta bölsa ham uyda ta'mirlaş işlari bilan şuğullangan kişilar kutgan voqea sodir böldi. Nihoyat, eng "aqlli" ölçov ruletkasini işlab çiqariş uçun yetarli pullar töplandi. Bu "metr"ning nomi ham ajoyib - Bagel. U smartfon bilan birga işlaydi va bir neça rejimga ega.

Ilk «String Mode» insonga uzunlikni an'anaviy usulda ölçaş imkonini beradi - "metr"ni kerakli uzunlikka çözing, Bagel öz displeyida uzunlikni körsatadi. Leska mustahkam, u 50 kilogrammgaça oğirlikni kötara oladi, şu bilan birga undan heç qanday jarohat yetmaydi.
Ikkinçi «Wheel Mode» rejimi ruletkani şunçaki yuzada yurgizib, ölçovni amalga oşiriş imkonini beradi. Şu bois ham uni Bagel (teşik kulça) deb ataşadi.
Uçinçi rejimda uskuna vertikal va gorizontal burçaklarni ölçaş uçun lazer nuri va ultratovuş sensorlarni qöllaydi.
Barça ölçovlarni uskunaga biriktirilgan diktofon yordamida töğridan-töğri ruletkaga yozib oliş mumkin, u esa foydalanuvçi tomonidan smartfonga aytib turilgan ölçamlarni takrorlaydi.

Ruletkaning salbiy tomonlari ham bor. Birinçi rejimdagi "metr" unçalik uzun emas - atigi 3 metr. Ikkinçisi: Bagel turli ölçov tizimlari bilan taniş emas, şu jihatiga diqqat qilişingizga töğri keladi.
Dastlabki buyurtmaga köra, texnika möjizasi çegirma bilan sotilmoqda - atigi 59 AQŞ dollari.







