Bugun, 3 iyun kuni Parij şahridagi «Stad de Frans» stadionida Toşkent vaqti bilan soat 23:59da Yevropa çempionatining çorak finalidagi törtinçi uçraşuv boşlanadi.
Jamoalar holati
Fransiya termasi özi mezbonlik qilayotgan Yevro-2016 turniri davomida hali biror marta jamoaning kutilgan öyinni namoyiş etgani yöq. Guruh bahslaridagi Ruminiya va Albaniyaga qarşi bahslar juda nursiz ötgandi. 1/8 finalda Irlandiya termasi ilk daqiqalardanoq mezbonlarni asabiylaşişga majbur etgan bölsada, yakunda Deşam şogirdlari ğalaba qozondi.
Alohida fakt: Yevro-2016 davomida fransuzlar darvozasiga kiritilgan har ikki gol penaltidan urilgan.
Islandiya termasi butun dunyo futbol işqibozlariga ajoyib ertak sovğa qilgani bor gap. Lekin, jamoa yarim finalgaça juda maşaqqatli yölni bosib ötdi: Portugallar bilan Xalldorson darvozasiga tinimsiz bosim ötkazilgan oğir öyin (1:1), Vengriya qarşi ğalaba boy berilgan bahs(1:1), avstriyaliklar bilan sönggi daqiqalardagi muvaffaqiyat (2:1), Angliya termasiga qarşi 90 daqiqalik sifatli öyin gnomlar yurti vakillarining omadli ekanidan dalolatdir.
Tarkib haqida
Islandlar tarkibida heç qanday muammo yöq. Frantsuzlarda esa diskvalifikatsiya tufayli Odil Rami va Ngolo Kante maydonga tuşa olmaydi. Ramining örniga Samuel Umtiti, Kante örniga esa Yoan Kabay maydonga tuşişi kutilmoqda.
Taxminiy tarkiblar:
Fransiya: Loris, Evra, Koselni, Umtiti, Sanya, Kabay, Matyuidi, Pogba, Payye, Jiru, Grizmann.
Islandiya: Xalldorsson, Skulason, R.Sigurdsson, Arnason, Sevarsson, Gunnarson, G.Sigurdsson, Gudmundsson, B.Byarnason, Bedvarsson, Sigtorsson.
Taxminiy hisob: Fransiya — Islandiya — 2:1
Elmurod Ermatov, Andijon







