«Mançester Yunayted» murabbiylaridan biri Rayan Giggz klubni tark etganini e'lon qildi. 42 yoşli mutaxassis mustaqil murabbiylik faoliyatini boşlamoqçi ekanini bildirdi.
«MYu»da futbolçi va murabbiy sifatida ötkazgan 29 mavsumdan söng men ğalaba qozoniş siri nima ekanini juda yaxşi bilib oldim – yoş futbolçilarga imkoniyat berib, çiroyli va hujumkor öyin namoyiş etiş.
Şuning uçun ham mustaqil murabbiylik faoliyatini boşlamoqçiman. 14 yoşimdan buyon klubda ekanman, uni tark etiş men uçun oson emas.
Hozirça murabbiylik faoliyatim haqida menda jiddiy reja yöq, biroq baribir klubni tark etiş vaqti yetgan deb hisoblayman», – dedi Giggz.







