Android operatsion tizimida işlaydigan qurilmalar himoyalanmaganining asosiy sababi köpçilik smartfon işlab çiqaruvçilarning xakerlar tomonidan aniqlanib, ular tomonidan faol qöllanadigan "darça"larni tezkorlik bilan yopa olişga tayyormasligi hisoblanadi, deb xabar bermoqda Android Authority.
Kompyuter xavfsizligi sohasida tan olingan mutaxassis Gel Beniamini Google platformasidagi qolgan qurilmalardan farqli ölaroq xavfsizlik eng yuqori darajada ta'minlangan ikkita qurilmalar rusumini ajratdi. Uning ta'kidlaşiça, öz ma'lumotlari haqida qayğuradigan foydalanuvçilar Google Nexus yoki Samsung qurilmalarini sotib olişlari kerak. Google smartfonlari kompaniyadan birinçi bölib dasturiy ta'minot yangilanişini oladi, şuning uçun tizimda aniqlangan istalgan zaif joy bu qurilmalarda birinçi navbatda tuzatiladi.
Smartfonlar dunyo bozorida savdolar böyiça yetakçi bölgan Samsung kompaniyasi öz qurilmalari proşivkalarini yangilaşda unça ham ortda qolişmaydi, çunki katta resurslarga va ekspertizaga (jumladan, dasturiy ta'minot işlab çiqariş sohasida) ega.
Beniaminining ta'kidlaşiça, yanvar va hozirda turli rusumdagi smartfonlarni sinovdan ötkazişda quyidagilar aniqlandi: yarim yil avval yopilmagan "darça"lardan eng köpi ayni vaqtga kelib aynan Nexus smartfonlari va Samsung qurilmalarining oxirgi modellarida bartaraf etilgan.







