Suriya prezidenti Başar Asad mamlakatning yangi hukumati tarkibini tasdiqladi. Bu haqda prezident ma'muriyati tvitteriga asoslanib SANA agentligi xabar tarqatgan.

Elektr energetika vazirligining sobiq rahbari Imod Xamis hukumat rahbari etib tayinlandi.

Farmonga binoan, Taşqi işlar vaziri Volid Muallim va Mudofaa vaziri Fahid al-Frij öz lavozimlarini saqlab qoldi. 

Şuningdek, Milliy birlaşuv vaziri Ali Haydar ham öz lavozimida qolgan. 

Muxolifat vakillaridan heç kim yangi hukumat tarkibiga kirmadi.

Suriya Axborot vaziri etib Davlat televideniye vazirligining sobiq rahabri Muhammad Tarjiman tayinlangan. U bu lavozimda Umron az-Zoubining örnini egalladi.

Eslatib ötamiz, Başar Asad 22 iyun kuni Imod Xamisga yangi hukumatni şakllantirişni topşirgandi.