3 iyul kuni Sen-Denidagi «Stad de Frans» stadionida Yevropa çempionatining çorak finalidagi oxirgi bahs turnir mezbonlari Fransiya va turnir kaşfiyoti Islandiya örtasida boşlanadi. Öyinning boşlanişi Toşkent vaqti bilan soat 23:59ga belgilangan. 

Fransiya şu vaqtgaça 11 marta Islandiyaga qarşi maydonga tuşgan va biron marta yutqazmagan: 8 ğalaba va 3 durang. Töplar nisbatidagi ustunlik - 30:8.

Oxirgi marta bu ikki terma jamoa  2012 yilning 27 mayida örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşgan. Öşa öyinda Fransiya terma jamoasi irodali ğalabaga erişgan, Valansendagi uçraşuv fransuzlarning 3:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan. Öyinning birinçi bölimidagi gollarga Birkir Byarnason (27) va Kolbeynn Sigtorsson (34) mualliflik qilgan, Loran Blan şogirdlari safida esa Mate Debyuşi (52), Frank Riberi (84) va Odil Rami (87) raqib darvozasini işğol etişgandi.

TRIBUNA.UZ uşbu uçraşuvdan matnli translyatsiya uyuştiradi.