Bugun Toşkent şahar hokimiyatida ommaviy axborot xodimlari uçun brifing ötkazildi. Unda hokimiyat axborot xizmati vakillari va jurnalistlar iştirok etdi. Brifingda Toşkent şahar Ma'naviyat va ma'rifat kengaşining Toşkent şahar aholisiga murojaati e'lon qilindi.

Brifingda Toşkent şahrida 1 sentabr kunida nişonlanadigan mustaqillik kuni munosabati bilan 50 obodonlik kuni aksiyasi e'lon qilindi.

Aktsiya doirasida şahardagi 11 tumanning har birida 25tadan köçani obodonlaştiriş va 25tadan bolalar öyin maydonçalarini bunyod etiş rejalaştirilgan.

Toşkent şahar Ma'naviyat va ma'rifat kengaşi şaharliklarga murojaat qilar ekan, barçani mazkur xayrli işga öz hissasini qöşiş, poytaxtni yanada gözal va obod şaharga aylantirişga çaqirdi.