Ukrainaning AQŞdagi elçisi Valeriy Çaliy AQŞ va Ukraina birgalikda kosmik raketa uçirişni rejalaştirayotganini ma'lum qildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar berdi.
"Biz amerikaliklar bilan yaqin oylarda birgalikda raketa uçirişni rejalaştirmoqdamiz", deb aytdi Çaliy.
Çaliyning aytişiça, Ukraina AQŞ bilan hamkorlik qilişi evaziga dunyoning önta koinot davlatidan biri bölib qolmoqda.







