“Aqçakol” böyi qirğoğida joylaşgan bolalar oromgohi har yili öz quçoğiga 1000 nafar bolani qabul qiladi. Toza suvi, havosi, köplab sersoya daraxtlar hordiq çiqarayotgan bolalarning salomatligi mustahkamlanib, töğri rivojlanişlari, soğlom va quvnoq holda vaqt ötkazişlari uçun qulay şaroitlarni yaratadi.

Ellikqal'a tumanida joylangan “Orol bolalari” xalqaro öquv soğlomlaştiriş oromgohida joriy yilda jami 5ta smenada 1000 nafar, şuningdek “Gulşan” kunduzgi soğlomlaştiriş oromgohida 4ta smenada 85 nafardan jami 340 nafar bola dam olişi rejalaştirilgan.

“Orol bolalari” xalqaro öquv-soğlomlaştiriş oromgohida bolalar dam olişi uçun barça şaroitlar yaratilgan, suv basseynlari, sport majmualari, tögaraklar, kutubxona, madaniy dam oliş uçun möljallangan sahnalar mavjud.

Hozirda uçinçi smenada bolalar maroqli dam olmoqda. Bu esa ularning soğlom fikrlaydigan, yetuk, barkamol, yurt uçun nafi tegadigan yoşlar qilib tarbiyalaşda muhim ahamiyatga ega.

Voyaga yetmagan yoşlarning yozgi dam olişlarini maroqli ötkaziş, ular örtasida soğlom muxitni töğri şakllantiriş maqsadida:

- bu yerda dam oluvçi öquvçi yoşlarimiz orasida “Biz yoşlar giyohvandlikka qarşimiz” mavzusida inşolar, rasmlar tanlovi, “Biz soğlom turmuş tarzi tarafdorimiz” şiori ostida sport musobaqalari keng turda ötkazilmoqda. Şuningdek, “Eng yaxşi kitobxon”, “Oromgoh yulduzlari”, “Bizning oromgoh bergan saboqlar”, “Iste'dodlarni izlaymiz”, “Farzand soğlom bölsa - ona baxtiyor” mavzusida tanlovlar, “Tilaklar guldastasi”, “Dilkaş davra maskanlari” bayram dasturi namoyiş qilinib, mustaqillik bayramining 25 yilligi munosabati bilan “Gözal va betakrorimsan, muqaddas vatanim, jonim senga fido Özbekistonim” şiori ostida konsert dasturlari namoyiş qilinmoqda.

Bolalarni iqtidorini qöllab quvvatlaş maqsadida, guruhlar örtasida har hil mavzudagi sahna körinişlari, spektakllar, ertaklar va musiqiy dasturlar ötkazilmoqda. Qolaversa “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati tuman Kengaşi tomonidan valontyorlar biriktirilib, bolajonlarga kunlik seminarlar, davra suhbatlari ötkazilmoqda.

Oromgohda dam oluvçilar bilan “Yozni Kamolot bilan” loyihalari doimiy ravişda olib borilmoqda.