5 iyul kuni funt sterlingning yevroga nisbatan kursi keyingi 2,5 yildagi eng past körsatkiçni qayd etdi. Bu haqda Reuters agentligi Angliya bankining Brexit ortidan yuzaga keladigan iqtisobiy holatga bağişlangan hisobotiga asoslanib xabar tarqatgan.

Toşkent vaqti bilan soat 13.50dagi ma'lumotlarga köra, britan valyutasi yevroga nisbatan 1,1 foizga arzonlaşgan (1 yevro - 0,84 funt). Bu esa 2013 yilning dekabridan buyon qayd etilgan eng past körsatkiçdir.

Şu bilan birga, Bloomberg ma'lumotiga köra, dollarga nisbatan funt sterling kursi 1,3 foizga pasayib, 1 funt 1,31 dollarga savdo qilingan.  Bu 1985 yildan buyon eng past körsatkiçdir, bunday pasayiş, hatto, dunyo moliyaviy inqirozi çoğida ham kuzatilmagan.

Bu pasayişlar Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqişi böyiça 24 iyul kuni ötkazilgan referendumda Brexit tarafdorlari ğolib çiqişi ortidan röy berdi.

Referendum natijalari e'lon qilingan dastlabki kunda Birlaşgan qirollik milliy valyutasi funt sterling 1985 yildan beri ilk marotaba 1,35 dollargaça arzonlaşgandi.

Bundan oldinroq, Britaniya biznesida referendum natijalari tufayli pessimizm holati ikki barobar ortgani ma'lum qilingandi.