Amerikaning Juno kosmik kemasi 4 iyul kuni Yupiter orbitasiga çiqdi. NASA agentligining xabar qilişiça, şu bois sayyoralararo stansiya mahalliy vaqt bilan soat 23:18da tezligini 1 soniyada 542 metrga sekinlaştirib hamda Quyoş tizimidagi eng katta sayyoraning gravitatsion kuçlari ta'siri ostida öz dvigatelini 35 daqiqaga yoqib qöydi.
Dvigatel işga tuşirilgan paytda Junöning boşqa uskunalari va videokamera öçirib qöyildi, Pasadendagi Reaktiv harakat labaratoriyasi mutaxassislari uni faqat radiosignallar yordamidagina kuzatişdi.
"Junöning barça harakatlari oldindan dasturlaştirilgan, zond avtopilotda uçadi, şu bois Yerdagi operatorlar aralaşuviga hojat qolmaydi", - deya izoh berdi Labaratoriyada faoliyat yurituvçi loyiha texnik menedjyeri Ed Xerst. 5 yillik parvoz davomida dvigatel ikki martagina yoqilgan.
Manbaga köra, kosmik kema "favqulodda tajovuzkor muhitda" işlaşga möljallab qurilgan, uning barça ölçov uskunalari va asboblari esa 180 kilogrammli titan qobiq bilan himoyalangan. Bu ularga hattoki yuqori radiatsiyali muhitda ham işlaş imkonini beradi. 1,1 milliard dollarlik Juno missiyasi 2 yilga möljallangan.
Foto:© NASA/JPL-Caltech via AP











