"Mançester Yunayted" jamoaning yangi boş murabbiyi Joze Mourinoni rasman taniştiriş marosimini ötkazdi.

Portugaliyalik mutaxassis bugun "Old Trafford"da rasman taniştirildi va "MYu" murabbiyi sifatidagi özining ilk matbuot anjumanida qatnaşdi.

U jurnalistlar qarşisida jamoaning yangi boş murabbiyi sifatida qilgan çiqişida jamoa keyingi mavsumda YeÇLda iştirok etiş huquqi uçun kuraşişini ma'lum qilgan. 

U şuningdek, Aleks Fergyusonning Köhna qit'a turnirlarida örnatgan rekordini yangilaş niyatida ekanini aytgan.

"Men özim istagan joydaman. Men şu mamlakatda, şu ligada, aynan şu klubda bölişni istardim. Biz bu yili YeÇLda öynamaymiz, bundan biroz xafaman. Lekin men kelgusida Aleks Fergyusonning YeÇLda qayd etgan rekordlarini yangilamoqçiman. "Mançester Yunayted" şunday turnir uçun tuzilgan, biz 2017 yilda YeÇL yöllanmasini hal etişimiz kerak", deya Mourinoning sözlarini keltiradi Daily Mail.